Getolog haqida
Telegram kanal va guruhlar uchun avtomatik obuna boshqaruv tizimi
Getolog nima?
Getolog — Telegram kanal yoki guruh egalariga o'z kontentini pullik qilish imkonini beruvchi xizmat. Siz bot ishlab chiqib, narx belgilaysiz. Obunachi to'lov qiladi — kanalga avtomatik kiradi. Muddat tugadi — avtomatik chiqariladi. Hammasi botingiz orqali ishlaydi, siz qo'lda hech narsa qilmaysiz.
Qanday muammoni hal qiladi?
Pullik kanal yuritgan odamlar har bir yangi obunachida bir xil ishni takrorlaydi: to'lov screenshotini kutish, tekshirish, qo'lda kanalga qo'shish, obuna muddatini biror joyga yozib qo'yish, keyin muddati tugaganlarni eslab chiqarib turish.
2–3 kishi bo'lganda bu aytarli emas. Lekin obunchilar soni o'sganda bu ishning o'zi alohida yuk bo'lib qoladi va kontentga vaqt qolmaydi.
Getolog aynan shu muammoni hal qiladi. To'lovni qabul qilishdan tortib, kanalga qo'shish va chiqarishgacha — hammasi avtomatik. Siz faqat kontentingizga e'tibor qarataverasiz.
Kimga mo'ljallangan?
- Pullik kanal va guruh egalari. Signal kanallar, VIP guruhlar, maxfiy kontentlar — har qanday pullik Telegram resurs egasi uchun.
- Kurs va ta'lim beruvchilar. Kursni Telegram kanal orqali beradigan va obunachilarga avtomatik ruxsat bermoqchi bo'lgan o'qituvchilar uchun.
- Hamjamiyat va mastermind egalari. Pullik guruh yuritib, a'zolarni tartibli boshqarmoqchi bo'lganlar uchun.
Qanday ishlaydi?
Siz (kanal egasi) uchun
- Telegramda @BotFather ga kirib, yangi bot ishlab chiqing.
- @getolog_bot ga kiring va /start bosing.
- BotFather bergan bot tokeningizni yuboring.
- To'lov qabul qiladigan karta raqamingizni kiriting.
- Ishlab chiqilgan botingizni kanalingizga admin qilib qo'shing — kanal avtomatik aniqlanadi.
- Obuna narxini va muddatini belgilang.
- Tayyor — botingiz ishga tushdi.
Obunachi uchun
- Sizning botingizga /start bosadi.
- Tilni tanlaydi: o'zbek, rus yoki ingliz.
- Mavjud kanallarni ko'radi va keraklisini tanlaydi.
- "Sotib olish" tugmasini bosadi — karta raqamingiz chiqadi.
- Pul o'tkazadi va to'lov screenshotini yuboradi.
- Siz (yoki hamkoringiz) to'lovni tasdiqlaysiz.
- Obunachiga bir martalik havola keladi — u orqali kanalga kiradi.
- Obuna muddati tugashi yaqinlashganda avtomatik ogohlantirish boradi.
- Muddat tugaganda kanaldan avtomatik chiqariladi.
Tarif rejalar
Bepul — 0 so'm
20 tagacha faol obunachi, 1 ta kanal. Bot xabarlarida Getolog brendi ko'rsatiladi. Xizmatni sinab ko'rish va boshlash uchun yetarli.
Minimal — 295 000 so'm/oy
100 tagacha faol obunachi, 1 ta kanal. Getolog brendi olib tashlanadi. Muddat nazorati va eslatmalar to'liq ishlaydi.
Standart — 590 000 so'm/oy
200 tagacha faol obunachi, 1 ta kanal. Tarif rejalari (1/3/6/12 oy) va kengaytirilgan boshqaruv imkoniyatlari.
Pro — 1 270 000 so'm/oy
500 tagacha faol obunachi, 2 tagacha kanal. Kengaytirilgan analitika va qo'shimcha avtomatlashtirish.
Biznes — 1 890 000 so'm/oy
1000 tagacha faol obunachi, 3 tagacha kanal. Barcha imkoniyatlar ochiq.
Hamkor (yordamchi) nima?
Hamkor — bu siz ishongan odam bo'lib, u sizning botingizdagi to'lovlarni ko'rishi va tasdiqlashi mumkin. Masalan, siz band bo'lganingizda hamkoringiz obunachining to'lovini tasdiqlaydi va u kanalga kiradi. Hamkor botning boshqa sozlamalarini o'zgartira olmaydi.
Xavfsizlik
Sizning bot tokeningiz va karta raqamingiz shifrlangan holda saqlanadi. Biz ularni ochiq ko'rinishda hech qachon saqlamaymiz va uchinchi tomonlarga bermaymiz.
Obunachiga beriladigan kanalga kirish havolasi bir martalik bo'lib, faqat bitta odam foydalanishi mumkin. Bu sizning kanalingizga ruxsatsiz kirishning oldini oladi.
Platforma va botlar o'rtasidagi barcha aloqa himoyalangan. Tashqaridan hech kim sizning botingiz yoki ma'lumotlaringizga kirish imkoniga ega emas.