Telegram obuna bot — bu pullik kanalga kirish, to'lov qabul qilish va obuna muddatini avtomatik boshqaradigan bot. O'qituvchilar uchun ideal yechim — o'quvchilaringiz bot orqali to'lov qiladi, kanalga avtomatik kiradi, muddat tugaganda avtomatik chiqariladi. Uni yaratish uchun dasturlash bilimi kerak emas — Getolog orqali 7 qadamda tayyor.

1. BotFather da bot yarating

Telegramda @BotFather ga /newbot buyrug'ini yuboring. Bot sizdan ikkita narsa so'raydi:

  1. Bot nomi — masalan: "Ingliz tili Premium Bot"
  2. Username — masalan: @ingliz_premium_bot (oxiri _bot bilan tugashi kerak)

BotFather sizga API token beradi — bu uzun matn, uni nusxalab oling. Token — botingizning "kaliti", uni hech kimga bermang.

2. @getolog_bot ga kiring

Telegramda @getolog_bot ni toping va /start bosing. Bot sizni avtomatik ro'yxatdan o'tkazadi va asosiy menyu chiqadi. "Bot qo'shish" tugmasini bosing.

3. Tokenni yuboring

BotFather bergan tokenni nusxalab, Getolog botiga yuboring. Getolog tokenni tekshiradi — agar hamma narsa to'g'ri bo'lsa, botingiz nomi va username ko'rsatiladi.

Muhim: Token noto'g'ri bo'lsa, BotFather ga qaytib tokenni tekshiring. Har bir bot uchun faqat bitta token ishlaydi.

4. Karta raqamini kiriting

O'quvchilaringiz to'lov qiladigan karta raqamini kiriting. Bu raqam obunachilarga ko'rsatiladi — ular shu kartaga pul o'tkazadi.

Agar bepul kanal uchun bot kerak bo'lsa (masalan: bepul kursga kirish nazorati), "Bepul rejim" tugmasini bosing.

5. Botni kanalga admin qiling

Yaratgan botingizni Telegram kanalingizga admin sifatida qo'shing. Buning uchun:

  1. Kanalga kiring → "Admin qo'shish"
  2. Bot username ni kiriting
  3. Kerakli ruxsatlar: a'zolarni boshqarish va invite link yaratish

Getolog kanalingizni avtomatik aniqlab oladi va uning nomi, turi ko'rsatiladi.

6. Narx va muddatni belgilang

Obuna narxini so'mda kiriting. Keyin muddatni tanlang:

  • 1 oylik — eng ko'p ishlatiladigan variant
  • 6 oylik — uzoqroq muddat uchun pastroq narx qo'yish mumkin
  • 12 oylik — yillik obuna
  • Doimiy — bir marta to'lab, umrbod kirish

Maslahat: avval 1 oylik va doimiy variantlarni qo'ying. Keyin obunachillar so'roviga qarab 6 va 12 oylikni qo'shishingiz mumkin.

7. Tasdiqlang — bot tayyor

"Tasdiqlash" tugmasini bosing. Botingiz ishga tushadi! Endi qilishingiz kerak bo'lgan narsa:

  1. Obunachilarga bot havolasini yuboring (masalan: t.me/ingliz_premium_bot)
  2. Obunachi botga kiradi → to'lov usulini ko'radi → pul o'tkazadi → screenshot yuboradi
  3. Siz (yoki hamkoringiz) to'lovni tasdiqlaysiz
  4. Obunachiga bir martalik invite link yuboriladi — u orqali kanalga kiradi

Noto'g'ri qilmaslik kerak

  • Tokenni boshqalarga bermang — token orqali botingizni boshqarish mumkin
  • Botni kanaldan admin sifatida olib tashlamang — aks holda invite link yarata olmaydi
  • Narxni juda tez o'zgartirmang — mavjud obunachillar uchun chalkashlik bo'ladi

Keyingi qadam: invite link xavfsizligi haqida o'qing — kanalingizni ruxsatsiz kirishdan qanday himoya qilish mumkin.